Nelio ilovasi bo‘yicha savol yoki muammo bo‘lsa, quyidagi yo‘llardan biri orqali biz bilan bog‘laning. Ko‘p uchraydigan savollarga javoblar ham shu sahifada.
1. Biz bilan bog‘lanish
- Email: [email protected]
- Telegram: @nelio_admin
- Ilovaning o‘zida: «Profil» → «Texnik yordam».
Xabarda hisobingizga bog‘langan telefon raqami yoki emailni, qurilma modelini va muammo qachon yuz berganini yozing; ekran rasmi ham yordam beradi. Profil ID raqamini «Profil» bo‘limida nusxalash mumkin.
Hech qachon parol, SMS-kod yoki bank kartasi ma’lumotlarini yubormang. Nelio xodimlari ularni so‘ramaydi.
2. Hisob va kirish
- Tasdiqlash kodi 3 daqiqa amal qiladi. Kod kelmasa, telefon raqami to‘g‘ri yozilganini tekshiring va taymer tugagach yangi kod so‘rang.
- Parolni unutsangiz, kirish oynasidagi «Parolni unutdingizmi?» tugmasini bosing.
- Ism, til va bildirishnomalarni «Profil» → «Sozlamalar» bo‘limida o‘zgartirasiz.
3. Qurilmalar
Bitta hisob bir vaqtda 3 tagacha qurilmada ochiq bo‘lishi mumkin. Limit to‘lgan bo‘lsa, yangi qurilmada kirishda ilova qaysi qurilmani chiqarishni so‘raydi.
Qurilmalar ro‘yxati va ulardan chiqish: «Profil» → «Sozlamalar» → «Faol qurilmalar».
4. To‘lovlar va obuna
To‘lov Payme yoki Click to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshiriladi. To‘lov tasdiqlanishi bir necha daqiqa olishi mumkin; tasdiqlangach obuna o‘zi faollashadi.
Pul yechilgan, lekin obuna bir necha daqiqadan keyin ham faollashmagan bo‘lsa, [email protected] manziliga to‘lov sanasi va vaqti, summasi, to‘lov tizimi va (bo‘lsa) tranzaksiya raqamini yozing.
5. Tomosha
- Nelio VPN yoki proksi orqali ishlamaydi. VPN, proksi yoki VPN sifatida ishlaydigan reklama bloklovchi ilovani o‘chirib, qayta urinib ko‘ring.
- Ayrim filmlar va seriallar faqat ma’lum hududlarda mavjud.
- Video ochilmasa yoki to‘xtab qolsa, internet aloqasini tekshiring, ilovani yangi versiyaga yangilang va qayta ishga tushiring.
6. Hisobni o‘chirish va ma’lumotlar
Hisobni ilovaning o‘zida yoki ilovasiz, email orqali o‘chirishingiz mumkin: Hisobni o‘chirish.
Ma’lumotlaringiz qanday qayta ishlanishi: Maxfiylik siyosati. Xizmatdan foydalanish qoidalari: Foydalanish shartlari.